Новости Кашкадарьи

Официальный веб-сайт газеты "Новости Кашкадарьи"
28 май 2022 год, суббота.                 Специальная версия UZ

YOSH TAEKVONDOCHILAR - TATAMIDA

O‘zbekiston taekvondo (WTF) assotsiatsiyasi viloyat  bo‘limi hamda viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada 2000-va 2003-yillarda tug‘ilgan o‘g‘il va qiz bolalar ishtirok etdi.

- Musobaqada viloyatning barcha hududlaridan 200 nafar sportchi qatnashdi, - deydi viloyat taekvondo (WTF) federatsiyasi rahbari Shavkat Murodov. – O‘g‘il bolalar 51, 55, 59, 63, 66 kilogramm vazn toifalarida bahslarga kirishgan bo‘lsa, qiz bolalar 46, 49, 52 va 55 kilogramm vazn toifalarida tatamiga chiqishdi.

Ushbu musobaqaning yana bir muhim jihati - murabbiylar “Umid nihollari - 2018” sport o‘yinlari oldidan shogirdlarining  mahoratini tag‘in bir bor sinovdan o‘tkazib olish imkoniyatiga ega  bo‘lishdi.

Qizg‘in va kuchli raqobat ostida kechgan bahslar asosida aniqlangan musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

J.BOYMURODOV

Report typo