- Kollejimiz joylashgan Qarliq qishlog‘ida nomdor polvonlar ko‘pchilikni tashkil qiladi, - deydi kollej direktori Boborahmat Sattorov. – O‘quvchilarimiz orasida shu polvonlarning to‘ylarda, bayramlardagi kurashini kuzatib, ulardan kurash sirlarini o‘rganib kelayotgan yosh polvonlar anchagina. Ular viloyat miqyosidagi musobaqalarda ham faol ishtirok etib kelishayapti.
Musobaqa qizg‘in bahslarga boy tarzda o‘tdi.
G‘oliblar kollej ma’muriyatining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Barot HASANOV,
kollej o‘qituvchisi
