Новости Кашкадарьи

Официальный веб-сайт газеты "Новости Кашкадарьи"
20 август 2022 год, суббота.                 Специальная версия UZ

YOSH ATLЕTLARIMIZ SOVRINLI O‘RINLARDA

Jumladan, viloyat ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport o‘yinlari va yengil atletika sport maktabi tarbiyalanuvchisi Saidali Saidnabiyev balandlikka sakrash bahslarida 180 santimetr natija ko‘rsatib, 1-o‘rinni egallash bilan birgalikda, joriy yilning oktyabr oyida Argentinaning Buenos-Ayres shahrida o‘smirlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan III yozgi olimpiadada ishtirok etish uchun nomzodlikni qo‘lga kiritdi.

Balandlikka sakrash yo‘nalishida ushbu maktabning yana bir o‘quvchisi Dilnura Salomova 145 santimetr natija bilan 3-o‘rindan joy egalladi.

Shuningdek, yugurish bahslarida viloyatimiz vakillaridanJayrona Abduvaitova faol ishtirok etib, 200 metrga yugurishda 2-o‘rinni, 100 metrga yugurishda esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ta’kidlab o‘tish joiz, so‘nggi yillarda yengil atletikaning sportcha yurish bahslarida yosh sportchilarimiz yaxshi natijalar qayd etishmoqda.Bu galgi O‘zbekiston chempionatida ham 5 kilometr masofaga sportcha yurish bahsida Shahrisabz tumanidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchilari - Gulmira Qo‘shshayeva ikkinchi, Parizoda Nabiyeva uchinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, 10 kilometr masofaga sportcha yurishda Qarshi olimpiya zaxiralari kolleji o‘quvchisi Bahodir Sayfullayev uchinchi o‘rindan joy egalladi.

Olim BOQIYEV,

O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasi viloyat bo‘limi ijrochi direktori

Report typo