Новости Кашкадарьи

Официальный веб-сайт газеты "Новости Кашкадарьи"
3 июнь 2023 год, суббота.                 Специальная версия UZ

YOSH ATLETLAR BELLASHDI

- Ma’lumki, karatening ushbu turi o‘zining tezkor va kuchli zarbalarga asoslanganligi bilan boshqa yo‘nalishlardan ajralib turadi, - deydi viloyat kyokusinkay karate federatsiyasi ijrochi direktori Sanjar Qo‘yliyev.   – So‘nggi yillarda bu sport turi o‘zining jozibadorligi bilan ommalashib bormoqda. Shundan kelib chiqqan holda, uni 2020-yilda Yaponiya mezbonlik qiladigan yozgi olimpiada o‘yinlariga kiritish rejalashtirilgan. Hozirgi kunda viloyatimizda ko‘plab yoshlar ushbu sport turi bilan muntazam shug‘ullanmoqda. O‘tkazilgan musobaqa ular orasidan eng iqtidorlilarini saralab olish, viloyat terma jamoasiga qabul qilish va kelgusida mamlakat va xalqaro miqyosdagi musobaqalarga tayyorlab borishda muhim ahamiyatga ega.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvlarda o‘z yosh va vazn toifalari bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchilar tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Jahongir BOYMURODOV

Report typo