Viloyat hokimligi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi viloyat bo‘limi tashabbusi bilan o‘tkazilgan musobaqada150 nafar (shundan 75 nafari qizlar)dan ortiq yosh atletlarimiz munosib ishtirok etdi.
Musobaqada sportchilar 60 metr, 400 metr, 3 ming metrga yugurish, nayza uloqtirish, uzunlikka sakrash, sportcha yurish, balandlikka sakrash bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Murosasiz o‘tgan bahslarda barcha yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblar va sovrindorlar aniqlandi. Ularga medal va diplomlar topshirildi.
Dilfuza JUMAYEVA
