Новости Кашкадарьи

Официальный веб-сайт газеты "Новости Кашкадарьи"
5 июль 2022 год, вторник.                 Специальная версия UZ

YIGITLAR BIRINCHI, QIZLAR ESA IKKINCHI BO‘LISHDI

Aytish kerakki, Qarshi shahri ketma-ket to‘rtinchi bor mamlakat kubogi bahslariga mezbonlik qildi. Unda respublikamizning deyarli barcha viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahridan kelgan eng kuchli tennischilardan iborat jamoalar g‘oliblik uchun bellashishdi. 

Musobaqa reglamentiga asosan o‘zaro to‘qnash kelgan jamoalar ikkita yakkalik va bitta juftlik bahslarini o‘tkazishdi.

Viloyatimizning erkaklar jamoasi “A” guruhida Toshkent shahri va viloyati jamoalariga qarshi munosib o‘yin o‘tkazib, guruhda ikkinchi o‘rin bilan chorak finalga yo‘l oldi. Sanjar Fayziyev, Aleksey Nomozov, Omadbek Boboqulov va Ahmad Vahobov kabi iste’dodli tennischilardan tarkib topgan viloyatimiz jamoasi bu bosqichda Namangan viloyati jamoasini 2:1 natijasi bilan yenggan bo‘lsa, yarim  finalda Andijon jamoasi “taslim etildi”.

Final bahsida viloyatimiz vakillarini anchayin kuchli Toshkent shahri jamoasi qarshi oldi. Hal qiluvchi bahslarda Sanjar Fayziyev va Aleksey Nomozovdan iborat juftlik viloyatimiz erkaklar terma jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

* * *

“A” guruhidan ikkinchi o‘rin bilan chorak finalga chiqqan viloyatimizning ayollar jamoasi bu bosqichda Namangan jamoasi ustidan g‘alaba qozondi. Yarim finalda Buxoro jamoasiga qarshi irodali o‘yin namoyish etgan qizlarimiz finalga yo‘l olishdi. Finalda ular poytaxtlik qizlarga yutqazib, musobaqani ikkinchi o‘rin bilan yakunlashdi.

Azizbek NOROV

Report typo