Новости Кашкадарьи

Официальный веб-сайт газеты "Новости Кашкадарьи"
20 август 2022 год, суббота.                 Специальная версия UZ

YANA BIR QASHQADARYOLIK OLIMPIADAGA BORADI

Quvonarlisi, ushbu terma jamoa tarkibida qashqadaryolik sportchi, badiiy gimnastika bo‘yicha viloyat terma jamoasi a’zosi Luiza G‘aniyeva ham bor.

Luiza Qarshi olimpiya zaxiralari kollejini tamomlab, imtiyozli ravishda O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutiga o‘qishga qabul qilingan va ayni paytda ushbu oliy o‘quv muassasasining birinchi bosqich talabasi sanaladi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, Olimpiada o‘yinlarining badiiy gimnastika bo‘yicha jamoaviy bahslariga mamlakatimiz sportchilari shu paytga qadar yo‘llanma olishmagan edi. Demak, terma jamoa a’zolari bu borada mamlakatimiz sporti tarixida yangi sahifa ochishdi va ishonamizki, ular Olimpiada o‘yinlarida ham muvaffaqiyatli ishtirok etishadi.

O‘z muxbirimiz

 

Report typo