Новости Кашкадарьи

Официальный веб-сайт газеты "Новости Кашкадарьи"
20 август 2022 год, суббота.                 Специальная версия UZ

XALQARO TURNIR YAKUNLANDI

Umumiy sovrin jamg‘armasi 25000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada o‘ndan ziyod mamlakatdan kelgan mahoratli tennischilar bosh sovrin uchun bahs olib bordi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslardan so‘ng erkak sportchilar o‘rtasida hindistonlik Saket Mineni bosh mukofotni qo‘lga kiritdi. U hal qiluvchi final uchrashuvida musobaqada yettinchi raqam ostida harakat qilgan belaruslik Yaroslav Shilani 4:6, 6:3, 7:6(4) hisobida mag‘lub etdi. Bungacha Saket Mineni yarim finalda iste’dodli yosh tennischimiz Jo‘rabek Karimovni bahslardan chiqarib yuborgan edi.

Shuningdek, ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida rossiyalik Olga Doroshina bosh mukofot egasiga aylandi. U final uchrashuvida hamyurti Anastasiya Gasanovadan 6:2, 7:5 hisobida ustun keldi.

Ma’lumot o‘rnida keltirib o‘tamiz, musobaqaning erkaklar o‘rtasidagi bahslarida 6 nafar, ayollar o‘rtasidagi bahslarida 7 nafar mamlakatimiz tennischilari ishtirok etishgan edi. Ulardan faqatgina Nigina Abduraimova sovrindorlar qatoridan joy oldi. U juftlik bahslarida rossiyalik Anastasiya Frolova bilan birgalikda bosh mukofot egasiga aylandi. Ushbu juftlik hal qiluvchi final uchrashuvida rossiyalik tennischilar - Anastasiya Gasanova va Yekaterina Yashina hamkorligini 7:6 (7), 6:1 hisobida mag‘lub etishdi.

 

Jahongir BOYMURODOV

Report typo