Новости Кашкадарьи

Официальный веб-сайт газеты "Новости Кашкадарьи"
28 май 2022 год, суббота.                 Специальная версия UZ

XALQARO MUSOBAQA G‘OLIBLARI ANIQLANDI

Sovrin jamg‘armasi 75 ming AQSH dollarini tashkil etgan mazkur musobaqada bosh sovrin uchun jahonning 15 dan ortiq davlatidan kelgan 60 nafarga yaqin tajribali tennischi kurash olib bordi. Bahslar ham yakkalik, ham juftlik asosida tashkil etilgani turnirning yanada qiziqarli o‘tishini ta’minladi.

Musobaqa nizomiga ko‘ra, dastavval asosiy bahslar uchun saralash o‘yinlari o‘tkazildi. Unda 32 nafar tennischidan faqatgina eng kuchli to‘rt nafari saralandi. Afsuski, bu bahslarda ishtirok etgan 11 nafar vakillarimizdan hech biri saralash bosqichidan o‘tolmadi. Turnirning asosiy bahslarida esa mamlakatimizning eng kuchli      4 nafar tennischisi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnashgan bo‘lsa, ular ham finalgacha yetib bora olishmadi.  

Musobaqaning final bahsi hamyurtlarimiz ishtirokisiz o‘tdi. Unda belaruslik Yegor Gerasimov va turkiyalik tennischi Kem Ilkel o‘zaro bahs olib bordi. Qizg‘in va keskin kurashlarga boy o‘yinda Gerasimov raqibini 6/3, 7/6 (4) hisobida mag‘lub etdi va musobaqa g‘olibiga aylandi.  

Musobaqaning juftlik o‘yinlari ham ancha qiziqarli tarzda kechdi. Finalda Denis Molchanov/Sergiy Staxovskiy (ikkalasi ham Ukrainadan) juftligi Kevin Kravits (Germaniya)/Adrian Menendez-Maseyras (Ispaniya) juftligini 6/4, 7/6 (7) hisobida mag‘lub etdi.

 

  Azizbek NOROV

Report typo