Новости Кашкадарьи

Официальный веб-сайт газеты "Новости Кашкадарьи"
20 август 2022 год, суббота.                 Специальная версия UZ

VILOYATIMIZ SPORTCHILARI OSIYO O‘YINLARIDA NECHTA MEDAL OLDI?

Ushbu nufuzli musobaqada yurtimiz sharafini 232 nafar sportchi munosib himoya qildi. Ular sportning 30 turi bo‘yicha g‘oliblik uchun kurash olib borishdi va yakunda 21 ta oltin, 24 ta kumush va 25 ta bronza, jami 70 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida beshinchi o‘rinni qayd etishdi.

Quvonarlisi, ushbu musobaqada 9 nafar vohadosh sportchimiz ishtirok etib, 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishdi va terma jamoa ko‘rsatgan natijaga munosib ulush qo‘shdi.

Jumladan, sportning sambo turi bo‘yicha 90 kilogramm vazn toifasida Kamol Xolmamatov birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, 66 kilogramm vazn toifasida gilamga tushgan kurashchimiz Ruslan Bo‘riyev  ikkinchi pog‘onadan joy oldi. Viloyatimiz vakillaridan yana biri - Sarvar Shomurodov esa 81 kilogrammlik vazn bo‘yicha kurashda uchinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi. Dzyudo sport turi bo‘yicha 100 kilogrammlik vaznda g‘oliblik uchun kurash olib borgan Sherali Jo‘rayev ham sovrindorlar qatoridan joy olib, o‘z vazn toifasida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

D.JUMAYEVA

Report typo