Новости Кашкадарьи

Официальный веб-сайт газеты "Новости Кашкадарьи"
5 июль 2022 год, вторник.                 Специальная версия UZ

VAKILLARIMIZDA 41 TA OLTIN, 43 TA KUMUSH VA 36 TA BRONZA

Unda respublikamizning barcha viloyatlari va qo‘shni Qozog‘iston davlatidan kelgan 550 nafar sportchi yakkakurash bahslarida o‘z mahoratini ko‘rsatdi.

Qiziqarli va murosasiz ruhda o‘tgan musobaqada viloyatimiz terma jamoasi munosib tarzda ishtirok etdi. Sportchilarimiz 41 ta oltin, 43 ta kumush va 36 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, umumjamoa hisobida viloyatimiz terma jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Toshkent va Sirdaryo viloyatlari jamoalari esa mos ravishda ikkinchi hamda uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Musobaqa so‘ngida g‘olib va sovrindorlarga kubok, medal hamda maxsus diplomlar topshirildi.

A.NOROV

Jamshid NORQOBILOV olgan surat.

Report typo