Новости Кашкадарьи

Официальный веб-сайт газеты "Новости Кашкадарьи"
26 сентября 2023 год, вторник.                 Специальная версия UZ

VAKILLARIMIZ SHOHSUPANING ENG YUQORI POG‘ONASIDA

Ta’kidlash joiz, o‘zbek jang san’atining tarixi uzoq o‘tmishga - buyuk sarkarda Sohibqiron Amir Temur davriga borib taqaladi. Mazkur sport turining besh yo‘nalishidan biri - temuriylar jang usuli deb atalishi ham bejiz emas. Ajdodlarimizdan avlodlarga meros o‘zbek jang san’ati sport turining qayta tug‘ilishi hukumatimiz tomonidan yurtimizda milliy sport turlarini rivojlantirishga berilayotgan ulkan e’tibor samarasidir. Qolaversa, Amir Temur kubogi aynan viloyatimizda o‘tkazilayotganida ham ramziy ma’no bor.

- Qashqadaryoda Amir Temur kubogi turniri oltinchi bor o‘tkazildi, - deydi Toshkent shahrilik murabbiy Oybek Mahmudov. – Unda respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan 500 dan oshiq 8 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il va qiz bellashuv hamda kompleks mashqlari bo‘yicha g‘oliblik uchun bahs olib bordi.

Turnirda munosib ishtirok etgan viloyatimiz jamoasi a’zolari jami 35 ta oltin, 30 ta kumush va 50 ta bronza medalini jamg‘arib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Toshkent viloyati o‘zbek jang san’ati ustalari umumiy hisobda ikkinchi, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari vakillari uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarga diplom va medallar topshirildi. 

Azizbek NOROV

Report typo