Новости Кашкадарьи

Официальный веб-сайт газеты "Новости Кашкадарьи"
28 май 2022 год, суббота.                 Специальная версия UZ

VAKILLARIMIZ MAMLAKAT CHEMPIONATI SOVRINDORI

Quvonarlisi, murosasiz kechgan bahslarda viloyatimiz vakillari 2 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritishdi. Xususan, Muslima Sultanova 50 metrga batterflay va 400 metrga kompleks usulda suzish bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘z yosh toifasida mamlakat chempioni degan nomga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, unga 200 metrga kompleks va erkin usulda  suzishda 2-o‘rinlar nasib etdi.

Yana bir vakilimiz Humoyun Tilaboyev esa o‘g‘il bolalar o‘rtasida batterflay usulida suzish bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda omadli qatnashdi. U 50 metr masofada 2-o‘rin va 100 metr masofada 3-o‘rinni egalladi. Boshqa bir umidli sportchimiz Suhrob Sharopov batterflay usulida suzishda 100 metr masofani 1 daqiqayu 16 soniyada bosib o‘tdi. Ushbu natija unga shohsupaning 3-pog‘onasidan joy egallashi uchun kifoya qildi.

Jamg‘arilgan medallar soni bo‘yicha viloyatimiz vakillari umumjamoa hisobida 6-o‘rinni band etishdi.

M.SHUHRATOV.

Report typo