Новости Кашкадарьи

Официальный веб-сайт газеты "Новости Кашкадарьи"
28 май 2022 год, суббота.                 Специальная версия UZ

SPORTCHI OILALAR BELLASHDI

Ta’kidlash joiz, keyingi yillarda mamlakatimizda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari sog‘lig‘ini yanada mustahkamlash, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Ayniqsa, harbiy oilalar o‘rtasida sportni keng targ‘ib qilish maqsadida ko‘plab turli sport musobaqalari tashkil etilayotgani kutilgan samarani bermoqda. Zero, sog‘lom va barkamol avlod sog‘lom hamda ahil oilaning mevasidir. Sport esa ana shunday oilalarni qaror toptirishda muhim o‘rin tutadi.

Musobaqada besh harbiy oila a’zolari olti shart bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Marafon tarzidagi shartlarda ishtirokchi jamoalarning epchilligi, hamjihatligi va jismoniy tayyorgarligi sinovdan o‘tdi. Shu bilan birga, ularning sportga nechog‘lik oshno tutingani ham yaqqol namoyon bo‘ldi. Bahslar qiziqarli va ko‘tarinki ruhda kechdi.

Tadbir so‘ngida g‘olib va sovrindorlar taqdirlandi.

Azizbek NOROV

Sobir NARZIYEV  olgan surat.

Report typo