Новости Кашкадарьи

Официальный веб-сайт газеты "Новости Кашкадарьи"
20 август 2022 год, суббота.                 Специальная версия UZ

SOG‘LOM TURMUSH TARZI GAROVI

- Sport bilan shug‘ullanish sog‘lik uchun foydali, - deydi boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari Mustafxon Sultonov. – Shu bois ham xodimlarimiz o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida mazkur musobaqani tashkil etdik. Unda 80 nafardan ortiq xodimlar o‘z oila a’zolari bilan birgalikda qatnashdi.

Ta’kidlash joiz, musobaqada “Viloyat raqobat boshqarmasi”, “Rieltorlik idoralari”, “Baholash tashkilotlari”, “Qimmatli qog‘ozlar va ijara markazi” kabi jamoalar tuzilib, ular shaxmat-shashka, arqon tortish, stol tennisi kabi 10 ga yaqin sport turi bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi.

Musobaqa yakunida umumjamoa hisobida “Viloyat raqobat boshqarmasi” jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi, uchinchi o‘rinlarni mos ravishda “Rieltorlik idoralari” va “Baholash tashkilotlari” jamoalari egallashdi.

Azizbek NOROV

Sobir NARZIEY olgan surat.

Report typo