Bu yerda o‘quvchilar sportning futbol, voleybol, basketbol, yengil atletika, badiiy gimnastika, sport gimnastikasi, boks, dzyudo, belbog‘li va milliy kurash, shaxmat kabi turlari bilan mashg‘ul bo‘lishmoqda. Ularga malakali murabbiylar saboq berayapti. Yaratilgan ana shunday zamonaviy sharoitlar yurtimizda yoshlarning sportga oshno bo‘lib, sog‘lom ulg‘ayishida muhim ahamiyat kasb etishi bilan birga muassasa o‘quvchilarining viloyat, respublika va xalqaro miqyosda o‘tkazilayotgan musobaqalardagi muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlamoqda.
Suratlarda: sport maktabining umumiy ko‘rinishi; sport maktabi tarbiyalanuvchilari.
Sobir NARZIYEV olgan surat.
