Новости Кашкадарьи

Официальный веб-сайт газеты "Новости Кашкадарьи"
5 июль 2022 год, вторник.                 Специальная версия UZ

SHAHRISABZDA MUHTASHAM SUV SPORTI SAROYI OCHILDI

Ushbu sport inshootining ochilish marosimida viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, Prezidentimiz rahnamoligida yurtimizda yosh avlodning sport bilan muntazam shug‘ullanishi, jismonan sog‘lom ulg‘ayishi uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Natijada yoshlarimiz nafaqat sog‘lom o‘sayapti, balki sport bilan professional darajada shug‘ullanib, o‘z mahorati, intilishi evaziga xalqaro musobaqalarda ham zafar quchmoqda. Yangi ochilgan suv sporti saroyi, shubhasiz, ana shu kabi yutuqlarimizni yuksaltirishga xizmat qiladi.

Qayd etish joiz, ushbu obyekt qurilishi Bolalar sportini rivojlantirish jam-g‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lib, “Yakkabog‘ qo‘rg‘oni” kompaniyasi quruvchilari tomonidan bunyod etildi.

Azizbek NOROV

Report typo