Новости Кашкадарьи

Официальный веб-сайт газеты "Новости Кашкадарьи"
3 июнь 2023 год, суббота.                 Специальная версия UZ

“SEVINCH”NI 3 NAFAR YETAKCHI TARK ETDI

Klub matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, mavsumlar oralig‘ida jamoani uch nafar yetakchi futbolchi tark etgan. Ular uzoq yillar davomida “Sevinch”da o‘ynab kelgan Kamola Risqiyeva,  Ilvina Ablyakimova va Shahzoda Jamolovadir. Ushbu futbolchilar boshqa jamoalar bilan shartnoma imzolagan.

Qolgan 28 nafar futbolchi qizlar esa ayni paytda jamoa bilan birga.

O‘quv mashg‘ulotlari jarayonida tarkibga yangi futbolchilarni jalb etish ham rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda “Sevinch” 20 ta uchrashuv o‘tkazib, ularning 17 tasida g‘alabaga erishdi. Bironta durang natija qayd etgani yo‘q. Bekobodning “Metallurg W” jamoasidan uyda va safarda uchralgan ikki mag‘lubiyat hamda G‘uzorda “Sho‘rtan Lady”ga boy berilgan bir o‘yin jamoani chempionlik shohsupasidan mahrum qildi. Yakunda “Sevinch” 51 ochko to‘plab, o‘zidan 9 ochko ko‘p jamg‘argan, mavsum davomida birorta mag‘lubiyat tugul durang natija qayd etmagan “Metallurg W”dan so‘ng ikkinchi o‘rinni band etdi.

J.QILICHEV

Report typo