Ularga 5 nafar malakali murabbiy ushbu nafis sport turi sir-asrorlarini puxta o‘rgatib kelayapti. Maktab o‘quvchilari turli musobaqalarda o‘z mahoratlarini namoyon etib, e’tirofga sazovor bo‘layotganidan ular orasida bo‘lajak xalqaro turnirlar chempionlari unib-o‘sayotganini payqash qiyin emas.
Qayd etish joiz, mamlakatimizda qiz bolalarni yoshlikdan sportga jalb etish borasida bir qator arzirli natijalarga erishilmoqda. Misol uchun, 2005-yilda qiz bolalarning 24 foizi, jumladan, qishloq joylarda 22 foizi sport bilan muntazam shug‘ullangan bo‘lsa, bugungi kunga kelib bu ko‘rsatkich 47 foizni, qishloq joylarda 44,7 foizni tashkil etayotgani ahamiyatli.
Bular shunchaki oddiy raqamlar emas. Ularning zamirida istiqlol yillarida mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish borasida olib borilgan islohotlar samaralari mujassam.
Azizbek NOROV
Suratlarda: sport maktabi faoliyatidan lavhalar.
Sobir NARZIYEV olgan suratlar.
