Новости Кашкадарьи

Официальный веб-сайт газеты "Новости Кашкадарьи"
20 август 2022 год, суббота.                 Специальная версия UZ

O‘ZIMIZNIKILARNING QO‘LI BALAND KELDI

Unda 250 nafardan ortiq shaxmat ustalari g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.

- Musobaqa standart (klassik shaxmat) yo‘nalishida 9 turdan, "A" va "B" guruhlarida, shveytsarcha tizimda, FIDE qoidalari bo‘yicha o‘tkazildi, - deydi viloyat shaxmat federatsiyasi rahbari Umida Chorshanbiyeva. - "A" guruhida mamlakatimizning yetakchi shaxmatchilari bilan bir qatorda Ispaniya, Rossiya, Ukraina va Tojikistondan kelgan tajribali grossmeysterlardan iborat 30 nafar shaxmatchi dona surgan bo‘lsa, "B" guruhida 225 nafar iqtidorli yosh shaxmatchi o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, "A" guruhida viloyatimiz vakili Abdumalik Abdusalimov g‘alaba qozondi va bosh mukofotni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, ushbu guruhda ayollar o‘rtasida, 18 yoshgacha bo‘lganlar hamda faxriylar o‘rtasida ham g‘oliblar aniqlandi.

"B" guruhdagi bahslar ham qizg‘in va murosasiz kechdi. E’tiborli tomoni, ushbu guruhda ham g‘oliblik viloyatimizning yana bir vakili Jo‘rabek Ibodullayevga nasib etdi.

Bundan tashqari, ushbu guruhda ham 16 yoshgacha, 10 yoshgacha, 8 yoshgacha hamda faxriylar o‘rtasida eng kuchlilar aniqlab olindi.

- 9 o‘yinda 4 g‘alaba, 4  durang va 1 ta mag‘lubiyatni qayd qildim va 6,5 ochko jamg‘arib, birinchi bo‘ldim, - deydi musobaqa g‘olibi Abdumalik Abdusalimov. - Raqiblarimning hammasi o‘zimizdan, o‘zbekistonliklar bo‘ldi. Lekin chet elliklarning ham o‘yinlarini kuzatishga harakat qildim.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlariga pul mukofoti va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Z. NAZIROVA

Report typo