Новости Кашкадарьи

Официальный веб-сайт газеты "Новости Кашкадарьи"
29 январь 2022 год, суббота.                 Специальная версия UZ

O‘ZBEK JANG SAN’ATIGA QIZIQISH ORTMOQDA

Murabbiy Bahodir Boqiyevning bildirishicha, bu yakkakurash turini yaxshi o‘zlashtirib, faoliyatida yuqori natijalarga erishayotgan sportchilar ham ko‘p. Misol uchun, joriy yil boshida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida klub jamoasi muvaffaqiyatli qatnashdi. Turli yosh va vazn toifalarida Nurjahon Azamatov, Asilbek Faxriddinov, Asadbek Amirov 3-o‘rinlarni egallab qaytishdi.

Bugungi kunda iqtidorli sportchilar mamlakatimiz va xalqaro miqyosda tashkil etilajak bir qancha musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

Qayd etish joiz, yoshlarni sport va jismoniy tarbiyaga faol jalb etish Prezident ilgari surgan muhim 5 tashabbusdan biridir. Shuningdek, ushbu tashabbus doirasida har bir hududda yengil konstruksiyali sport inshootlari qurilishi ko‘zda tutilgan. Albatta, bu ham kelgusida yosh o‘g‘il-qizlarning o‘zi yoqtirgan sport turi bilan bemalol shug‘ullanishi, jismonan barkamol bo‘lib voyaga yetishlariga keng sharoit hozirlaydi.

M.SHUHRATOV

Sobir NARZIYEV olgan surat.

Report typo