Новости Кашкадарьи

Официальный веб-сайт газеты "Новости Кашкадарьи"
20 август 2022 год, суббота.                 Специальная версия UZ

O‘SMIR QIZLARIMIZ - OSIYO CHEMPIONATIDA

Urganch shahri mezbonlik qiladigan musobaqada mamlakatimizning o‘smirlar va yoshlar terma jamoalari ishtirok etadi. Jumladan, o‘smirlar safida 11 nafar o‘g‘il bola, 9 nafar o‘smir qizlar bahslarga kirishsa, yoshlar tarkibidan 7 nafar yigit va 3 nafar qiz o‘rin egallagan.

Ahamiyatli jihati, terma jamoa safidan 4 nafar viloyatimiz vakili ham o‘rin olgan bo‘lib, ularning barchasi o‘smir qizlardir.

Xususan, 44 kilogramm vazn toifasida Nigora Abdullayeva, 63 kilogramm vazn toifasida Zarnigor Abdurahmonova, 69 kilogramm vazn toifasida Tursunoy Jabborova hamda 75 kilogramm vazn toifasida Shodmonoy Ochilova mamlakat terma jamoasi safida o‘z mahoratlarini namoyish etadi.

Musobaqada 30 mamlakatdan 311 nafar sportchi ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek, xorijiy davlatlardan tashrif buyuradigan ko‘plab mutaxassislar musobaqa rasmiylari ro‘yxatidan o‘rin olgan.

Mazkur qit’a chempionati Argentinada bo‘lib o‘tadigan III yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalar o‘ynalishi bilan ham muhim ahamiyatga ega.

 

J.QILICHEV

Report typo