Новости Кашкадарьи

Официальный веб-сайт газеты "Новости Кашкадарьи"
3 июнь 2023 год, суббота.                 Специальная версия UZ

“NASAF” VAZIYATNI O‘NGLASHI MUMKIN

Turning markaziy uchrashuvi sifatida qaralayotgan ushbu o‘yin ayniqsa “Nasaf” uchun juda katta ahamiyatga ega. Boisi, chempionlik uchun kurashayotgan jamoa hozirgi paytda turnir jadvalida       4-o‘rinni band etib turibdi. Shunga ko‘ra, bugun “temiryo‘lchilar” bilan bo‘ladigan o‘yin ko‘p narsaga oydinlik kiritib beradi.

Agar “Nasaf” g‘alaba qozonsa, kuchli uchlikka kirish imkoniyatini yaxshilaydi.  Buning uchun esa 2 ochkolik farq bilan bir pog‘ona yuqorida borayotgan “Qo‘qon-1912” jamoasi vohamizning yana bir klubi – “Mash’al”ga qarshi kechadigan bahsda muvaffaqiyatsizlikka uchrashi lozim. So‘nggi turlarda juda ishonchli o‘yin namoyish etayotgan muborakliklardan Qo‘qonda ham ijobiy natija kutib qolamiz.

Aksincha, “Nasaf” imkoniyatni boy beradigan bo‘lsa, uni quyida ta’qib etib kelayotgan naqd uchta jamoada oldinga o‘tib ketish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu holda “ajdarlar” jadvalning 7-pog‘onasiga tushib ketishi mumkin. Shunday ekan, turnir jadvalida yuqori o‘rinni saqlab qolish masalasi bugun futbolchilar namoyish etadigan o‘yinga bog‘liq. G‘alaba ularga har qachongidan zarur.

J.QILICHEV

Report typo