Новости Кашкадарьи

Официальный веб-сайт газеты "Новости Кашкадарьи"
3 июнь 2023 год, суббота.                 Специальная версия UZ

“NASAF” UYDA, “MASH’AL” VA “SHO‘RTAN” MEHMONDA O‘YNAYDI

Chempionatda viloyatimiz sharafini himoya qilayotgan uchta jamoamiz ham o‘z o‘yinlarini bugun o‘tkazadi. “Nasaf” Navoiyning “Qizilqum” jamoasini qabul qilsa, “Sho‘rtan” Qo‘qon shahriga safar uyushtiradi. To‘rt kun avval 19-turning qoldirilgan uchrashuvida “Paxtakor”ga qarshi maydonga tushib, imkoniyatni boy bergan va sakkizta turdan buyon davom etib kelayotgan mag‘lubiyatsiz seriyasiga chek qo‘ygan “Mash’al” esa bu turda yana bir poytaxt grandi – “Bunyodkor”ga qarshi mehmonda bahs olib boradi.

Ayni paytga kelib, har uchala jamoamizga ham ochkolar juda zarur. Jumladan, “Sho‘rtan” hali hamon xavfli zonadan chiqib keta olmagan bo‘lsa, “Mash’al” “Bunyodkor”ni mag‘lubiyatga uchratsagina, kuchli beshlikka kirish imkoniyatini mustahkamlab oladi. Muhim tomoni, hozirgi  paytda muborakliklarni 4 ochko farq bilan ortda qoldirayotgan “qaldirg‘ochlar” aynan 5-o‘rinni band etib turibdi.

Chempionlik uchun kurashni davom ettirayotgan “Nasaf” esa “Qizilqum” futbolchilarini Qarshida sinovdan o‘tkazadi. Ayni paytda 41 ochko bilan ikkinchi o‘rinda borayotgan “ajdarlar” ochko yo‘qotadigan bo‘lsa, xuddi shuncha ochko to‘plagan “Paxtakor”ni oldinga o‘tkazib yuborishi mumkin. Bundan tashqari,  38 ochkoga ega “Buxoro” va “Bunyodkor” jamoalari ham bir o‘yin natijasiga ko‘ra “Nasaf”ga tenglashib olishi mumkin.

Xullas, bu turda ham jamoalarimizni muhim o‘yinlar  kutib turibdi. 

J.BOYMURODOV

Report typo