O‘zbekiston va Qatar futbol assotsiatsiyalari o‘rtasida imzolangan memorandumga asosan Qatarning dunyoga mashhur “Aspire” jamoasi tomonidan Osiyoning eng yaxshi akademiyalari tarbiyalanuvchilari ishtirokida tashkil etiladigan ushbu musobaqaga bu yil ilk bor O‘zbekistondan ham futbolchilar taklif etildi.
Shunga muvofiq, 2017-yil yakuniga ko‘ra, mamlakatimizda eng yaxshi deb topilgan “Nasaf” akademiyasi tarbiyalanuvchilari musobaqada mamlakatimiz sharafini himoya qiladi.
J.QILICHEV
