Новости Кашкадарьи

Официальный веб-сайт газеты "Новости Кашкадарьи"
5 июль 2022 год, вторник.                 Специальная версия UZ

«NASAF»NING YANGI O‘YINCHILARI TANISHTIRILDI

Unda jamoa muxlislari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Tanishtirish marosimi avvalida jamoa bosh menejeri Shamil Yarulin va bosh murabbiy Ro‘ziqul Berdiyev “Nasaf” tarkibiga kelib qo‘shilgan yangi futbolchilarning imkoniyatlari, jamoaning O‘zbekiston chempionati oliy liga ikkinchi davra hamda kubok o‘yinlaridagi asosiy maqsadi va rejalari haqida so‘z yuritdi.

- O‘ylaymanki, davralar oralig‘ida klubimizga bir qator tajribali va iste’dodli futbolchilarni jalb eta oldik, - deydi Shamil Yarulin. - Umid qilamanki, mazkur futbolchilar birinchi davradan so‘ng jamoamizni tark etgan futbolchilarning o‘rnini bemalol bosa olishadi hamda “Nasaf” yuqori o‘rinlar uchun kurashda davom etadi.

Ikkinchi davra oldidan jamoa tarkibiga kelib qo‘shilgan himoyachi – rossiyalik Igor Golban, markaziy yarim himoyachi Fozil Musayev, yarim himoyachi Ognen Krasich (Serbiya) hamda hujumchilar Dragan Cheran (Serbiya) hamda Shaxboz Erkinov ham endi “Nasaf” sharafini himoya qiladi.

Eslatib o‘tamiz, “Nasaf” jamoasi O‘zbekiston chempionati oliy liga birinchi davrasini musobaqa jadvalining uchinchi pog‘onasida yakunlagandi. Endilikda jamoa ikkinchi davra o‘yinlariga 3 avgust kuni kirishadi va G‘uzorning “Sho‘rtan” klubi mehmoni bo‘ladi.

Azizbek NOROV

Sobir NARZIYEV olgan surat.

Report typo