“D” guruhidan joy olgan mazkur o‘yin qizg‘in va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi. “Nasaf” jamoasidan Bobur Abduxoliqov o‘yinning 46-daqiqasida, Maqsud Karimov esa 59-daqiqasida raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Mehmonlardan Fahad Hamad 70-daqiqada mezbonlar darvozasiga penaltidan urilgan gol muallifi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur jamoalarning dastlabki uchrashuvi Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgandi va unda saudiyalik futbolchilar aynan shu hisobda ustun kelishgandi.
AZIZBEK.
