Новости Кашкадарьи

Официальный веб-сайт газеты "Новости Кашкадарьи"
5 июль 2022 год, вторник.                 Специальная версия UZ

MAHALLAMIZ PAHLAVONLARI

«Mahalla» xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi tashabbusi bilan qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan musobaqa asosida iqtidorli yosh kurashchilarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, halollik, bag‘rikenglikni o‘zida mujassam etgan milliy sport turini keng targ‘ib qilish maqsad qilingan.

Musobaqada turnirning tuman (shahar) bosqichida g‘olib bo‘lgan 80 nafardan ziyod o‘g‘il-qiz oltita vazn toifasida bellashdi. Qizg‘in va murosasiz ruhda kechgan bahslarda Qarshi shahrilik Shahzod Nasimov, Shahrisabz tumanidan Diyor Yahyoyev, Qarshi tumanidan Sardor Hazratqulov, kitoblik Aziza Bo‘ronova, chiroqchilik Muqaddam Begimqulova, mirishkorlik Gulzoda Ibragimova o‘z vazn toifalarida tengsiz ekanliklarini isbotlashdi.

Folib va sovrindorlarga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shohista BOZOROVA

Report typo