Новости Кашкадарьи

Официальный веб-сайт газеты "Новости Кашкадарьи"
5 июль 2022 год, вторник.                 Специальная версия UZ

MAHALLA YOSHLARI — FUTBOLIMIZ KELAJAGI

Unda turnirning tuman, shahar bosqichida 3 xil yosh toifasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 12 jamoa ishtirok etdi.

"Mahalla" xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan mazkur musobaqa orqali iste’dodli sportchi yoshlar kashf etilib, olis qishloq va mahallalarda sportning bu turi keng targ‘ib qilinishiga erishilmoqda.

Shiddatli kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, 9-10 yoshli bolalar o‘rtasida Shahrisabz tumani Shakarteri qishlog‘i futbol jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. 11-12 yoshlilar bahsida ham birinchi o‘rin shahrisabzlik yoshlarga nasib etdi. Hal qiluvchi o‘yinda tumandagi Pisandi mahallasi futbol jamoasi yoshlarining qo‘li baland keldi. Kasbi tumanidagi Obod yurt mahallasi yoshlaridan iborat jamoa esa 13-14 yoshlilar o‘rtasida birinchi bo‘ldi.

G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, bir qator nominatsiyalar bo‘yicha ham eng yaxshilar aniqlanib, ularga faxriy yorliqlar topshirildi.

Shohista BOZOROVA

 

Report typo