Новости Кашкадарьи

Официальный веб-сайт газеты "Новости Кашкадарьи"
20 август 2022 год, суббота.                 Специальная версия UZ

MAHALLA POLVONLARI KUCH SINASHDI

Ma’lumki, mamlakatimizda halollik, bag‘rikenglik va insonparvarlik fazilatlarini o‘zida mujassam etgan milliy kurashni yanada rivojlantirish, yosh avlodning jismonan baquvvat, mustahkam irodali, yuksak intellektual salohiyatli insonlar bo‘lib ulg‘ayishi yo‘lida barcha shart-sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Muntazam ravishda o‘tkazib kelinayotgan “Mahallamiz pahlavonlari”, “Futbolimiz kelajagi”, “Biz aql-idrokli oilalarmiz”, “Otam, onam va men – sportchi oila”, “Mahallamiz tennischilari”, “Mahallamiz badmintonchilari” kabi musobaqalar bu borada muhim ahamiyat kasb etayapti.

“Mahallamiz pahlavonlari” musobaqasining bu yilgi viloyat bosqichi ham qizg‘in kurashlarga boy bo‘ldi. Unda musobaqaning tuman (shahar) bosqichida yuqori natija qayd etgan yosh polvonlar - o‘g‘il bolalar 46, 50 va 55 kilogramm, qiz bolalar esa 44, 48 va 52 kilogramm vazn toifalarida o‘zaro kuch sinashishdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, o‘g‘il bolalar o‘rtasida 46 kilogramm vazn toifasida G‘uzor tumani Tinchlik mahallasi vakili Oybek Boltayev 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 50 kilogramm vazn toifasida esa g‘oliblik Koson tumani Nartibaland mahallasilik Anzur Abdullayevga nasib etdi. Shuningdek, 55 kilogramm vazn toifasida G‘uzorning Jarariq mahallasi polvoni – Mirzohid Jumayev g‘alaba qozondi.

Qizlar o‘rtasida kechgan bahslar ham juda shiddatli va qiziqarli tus oldi. Jumladan, 44 kilogramm vazn toifasida Koson tumani Guvalak mahallasilik Sarvinoz Norqulova barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, shohsupaga ko‘tarilgan bo‘lsa, 48 kilogramm vazn toifasida g‘oliblik Yakkabog‘ tumani Jaychi mahallasilik Gulhayo Jo‘rayevaga nasib etdi. 52 kilogrammgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida ham Yakkabog‘ning Esat mahallasilik Barchinoy Bo‘riyeva g‘alaba qozondi.

Folib va sovrindorlarga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

J.BOYMURODOV

 

Report typo