Новости Кашкадарьи

Официальный веб-сайт газеты "Новости Кашкадарьи"
28 май 2022 год, суббота.                 Специальная версия UZ

KUCHLILAR BAHSLARNI DAVOM ETTIRMOQDA

Ta’kidlash joiz, mazkur musobaqaning nufuzi yuqori bo‘lib, uning sovrin jamg‘armasi 50 ming AQSH dollarini tashkil etadi. Buni turnir bosh sovrini uchun jahonning 24 davlatidan kelgan 70 nafarga yaqin yetakchi va tajribali tennischi kurash olib borayotganidan ham anglash mumkin. Musobaqada bahslar ham yakkalik, ham juftlik asosida kechayotgani uning yanada qiziqarli o‘tishini ta’minlamoqda.

- Qarshi shahrida o‘tkazilayotgan bu musobaqa yuqori saviyada tashkil etilgan, - deydi O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Pyotr Lebed. – Eng muhimi, turnirga jahonning kuchli tennischilari ham qatnashmoqda. Bu esa bahslarning qiziqarli va keskin ruhda o‘tishini ta’minlayapti.

Eslatib o‘tamiz, 29-aprel kuni start olgan musobaqa g‘oliblari nomi 6-7-may kunlari o‘tkaziladigan final bahslaridan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

A.NOROV

Report typo