Новости Кашкадарьи

Официальный веб-сайт газеты "Новости Кашкадарьи"
20 август 2022 год, суббота.                 Специальная версия UZ

KUCH, MAHORAT VA TAJRIBA

73 kilogramm vazn toifasida gilamga chiqqan Nodir Xurramov musobaqaning finaligacha barcha raqiblaridan ustun keldi. Biroq hal qiluvchi bellashuvda unga biroz omad yetishmadi. Shu tariqa, u mamlakat chempionatining kumush medali bilan kifoyalandi.

Shuningdek, o‘z vazn toifalarida Muhriddin Mirzayorov, Muhammad Rajabov va O‘lmas Toshtemirov uchinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, qizlar o‘rtasida vakillarimizdan Gulbahor Botirova va Navbahor Elomonova ham bronza medaliga ega chiqishdi.

Yunon-rum kurashi

ABBOS - OLTIN MEDAL SOHIBI

Poytaxtimizda 1996-1997-yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. 190 nafarga yaqin polvon bellashgan mazkur musobaqada viloyatimiz vakillari ham sovrindorlar qatoridan o‘rin egallashdi.

Qizg‘in va keskin kurashlarga boy bo‘lgan bellashuvlarda viloyatimiz sportchilari bittadan oltin va bronza medallariga ega chiqishdi. Jumladan, 120 kilogramm vazn toifasida kurash olib borgan Abbos Ibragimov barcha raqiblarini yengdi. U finalda mamlakat terma jamoasi a’zosi Doston Saidqulovdan ustun keldi va shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan o‘rin egalladi.

Shuningdek, 50 kilogramm vazn toifasida Elbek Ergashev uchinchi o‘rinni band etdi.

Sambo

QIZG‘IN VA MUROSASIZ BAHSLAR

Andijon shahrida 1998-1999-yillarda tug‘ilgan o‘smir o‘g‘il va qizlar o‘rtasida mamlakat chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan 300 nafardan ortiq sambochi g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

O‘z navbatida, 22 nafar viloyatimiz vakili ham musobaqada faol ishtirok etib, 9 medalni qo‘lga kiritishdi. Xususan, 52 kilogramm vazn toifasida kurashgan Maftuna Ergasheva 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Jovbotir Bozorov, Erali Normamatov, Zokir Jo‘rayev, Shohrux Ravshanov, Nurmuhammad Begaliyev, Muhammadhoshim Eshmurodov, E’zoza Azizova va Malika O‘roqova o‘z vazn toifalarida musobaqaning bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

- Endilikda mamlakat chempionatida sovrindor bo‘lgan sambochilarimiz O‘zbekiston terma jamoasi a’zosiga aylanishadi, - deydi Qarshi olimpiya zaxiralari kollejining sambo bo‘limi bosh murabbiyi Farhod Jo‘rayev. – Bu esa ham ularning zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi, ham bundan keyin sport bilan yanada yaxshiroq shug‘ullanishga undaydi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar maxsus diplom va medallar bilan taqdirlanishdi.

Azizbek NOROV.

Report typo