Новости Кашкадарьи

Официальный веб-сайт газеты "Новости Кашкадарьи"
20 август 2022 год, суббота.                 Специальная версия UZ

KUBOK MUNOSIB JAMOAGA TOPSHIRILDI

Viloyat hokimligi, viloyat futbol federatsiyasi, bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi viloyat filiali hamda mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, “Kamolot” YOIH viloyat kengashlari hamkorligida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan mazkur turnir yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish, ular o‘rtasida madaniy sport aloqalarini yanada mustahkamlash, o‘sib kelayotgan yosh avlod vakillarini ommaviy sport turlariga  kengroq jalb etish orqali bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishni ko‘zda tutadi.

Yakuniy natijalariga ko‘ra, Qarshi olimpiya zaxiralari kolleji jamoasi birinchi, Koson pedogogika-iqtisodiyot kolleji jamoasi ikkinchi, Yakkabog‘ agrosanoat kolleji jamoasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

 Qizg‘in va murosasiz bellashuvlarga boy bo‘lgan turnir yakunida g‘olib jamoaga “Kamolot” kubogi va esdalik    sovg‘alari topshirildi.

Zamira RO‘ZIYEVA.

Report typo