Новости Кашкадарьи

Официальный веб-сайт газеты "Новости Кашкадарьи"
5 июль 2022 год, вторник.                 Специальная версия UZ

«KAMOLOT» KUBOGI: G‘OLIB QARSHIDA ANIQLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, O‘zbekiston mini-futbol assotsiatsiyasi, "Sog‘lom avlod uchun" xalqaro xayriya jamg‘armasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu tadbir "Kamolot" YOIH a’zolari, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ular o‘rtasida do‘stona aloqalarni yo‘lga qo‘yishga qaratilgani bilan ahamiyatli.

Qarshida "Kamolot" kubogi uchun musobaqaning - Buxoro, Surxondaryo, Sirdaryo va Andijon viloyatlarida o‘tkazilgan hududiy bosqichida g‘olib bo‘lgan to‘rt jamoa - Xorazm viloyatining  "Jahon Yuksak" MCHJ, Surxondaryo viloyatining "Jarqo‘rg‘onneft" AJ, Toshkent viloyatining "Ohangaronsement" AJ va Andijon viloyatining "GM Uzbekistan" AJ korxonasi vakillari o‘zaro bellashishdi. Qiziqarli va murosasiz tarzda kechgan bahslar natijasiga ko‘ra, "Ohangaronsement" AJ jamoasi "Kamolot" kubogi sohibiga aylandi.

Azizbek NOROV

Report typo