Новости Кашкадарьи

Официальный веб-сайт газеты "Новости Кашкадарьи"
5 июль 2022 год, вторник.                 Специальная версия UZ

GIMNASTRADA HAMMA UCHUN

Aholi o‘rtasida gim­nastrada sport turi omma­viyligini oshirish, xotin-qizlar reproduktiv sa­lomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida tash­­kil etilgan ushbu musobaqada Qarshi shahri hamda barcha tumanlar mahallalarining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilaridan tashkil topgan jamoalar g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Tadbirning ochilish marosimida viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev so‘zga chiqdi.

Ta’kidlanganidek, Prezidentimiz rahnamoligida sport, xususan, xotin-qizlar sportini rivojlantirish, jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, oilalarda sportga qiziqishni yanada oshirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor yuksak samara berayapti. Zero, sog‘lom onadangina sog‘lom farzand dunyoga keladi.

Ja­moa­lar mu­sobaqa dasturiga ko‘ra, milliy musiqiy kompozitsiya asosida o‘z chiqishlarini namoyish qilishdi. Ayniqsa, Qamashi, Chiroqchi, G‘uzor tuman­lari hamda Qarshi shahri ja­moa­larining chiqishlari tomosha­bin­­lar tomonidan iliq kutib olin­­­di.

– Bugungi tadbir haqiqiy sport bayramiga aylandi, – deydi viloyat hokimining o‘rinbosari, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Risolat Eshqobilova. - Asosiy maqsadimiz oilalarda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, onalar salomatligini mustahkamlash, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish va shu orqali xalqimizning hayot sifatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga hissa qo‘shishdir.

Mamlakatimizda ayollar sportini rivojlantirish, ular salomatligini mustahkamlash, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga oid bir qator ijtimoiy loyihalar hayotga izchil tatbiq qilinmoqda. Xususan, “Sport malikasi”, “Otam, onam, men - sportchilar oilasi”, “Kamolot” malikalari” kabi musobaqalar ana shular jumlasidandir.

O‘z o‘rnida viloyatda xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan intilish ham tobora kuchayib borayotir. Ayni paytda 9 ming 133 ta umumiy sport seksiyalarida 370 ming 431 nafar xotin-qiz muntazam shug‘ullanib kelmoqda. Shundan qariyb 100 ming nafari uy bekalaridir.

O‘tgan 2015-yilda viloyatimiz sportchi qizlari tomonidan eng nufuzli musobaqalarda 67 ta oltin, 83 ta kumush, 109 ta bronza medali qo‘lga kiritilgan. Joriy yilning uch oyi davomida o‘tkazilgan 220 musobaqada esa 11 ming 500 nafardan ziyod xotin-qiz stol tennisi, voleybol, yengil atletika, qo‘l to‘pi, basketbol, stritbol, badiiy gimnastika, suzish, shaxmat-shashka, sport gimnastradasi va yugurish marafonlari kabi sport turlari bo‘yicha ishtirok etdi.

- Mahallamizda sportning gimnastrada turi ommalashayapti, - deydi Mirishkor tumani Yangi Mirishkor MFY raisining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi Hilola Ahmedova. - Chunki musiqa ohanglari ostida bajariladigan mashqlar xotin-qizlar kayfiyatini yanada ko‘tarib, organizmdagi charchoqni chiqarishga yordam beradi. Shu bois tumanimizda mazkur sport turi bilan shug‘ullanayotgan ayollar soni kundan-kun ko‘paymoqda.

Musobaqa yakunida barcha ishtirokchilar viloyat xotin-qizlar qo‘mitasining faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shohista BOZOROVA

Report typo