Новости Кашкадарьи

Официальный веб-сайт газеты "Новости Кашкадарьи"
5 июль 2022 год, вторник.                 Специальная версия UZ

ENG CHOPQIRLAR BELLASHDI

- Mazkur sport tadbirida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, tegishli tavsiyanoma asosida o‘qishga qabul qilingan 200 dan ziyod talaba ishtirok etdi, - deydi “Kamolot” YIHning universitetdagi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Eldor Baratov. - Ular armiya maktabini o‘tab, har tomonlama chiniqqanliklarini o‘qish davomida ham ko‘rsatib kelishmoqda.

Qizg‘in va murosasiz ruhda o‘tgan yugurish musobaqasida marra chizig‘ini birinchi bo‘lib universitetning jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Sohib Ro‘ziqulov bosib o‘tgan bo‘lsa, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni mos ravishda Ilhom Abdiyev (jismoniy madaniyat fakulteti) hamda Nurjahon Hasanov (tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti) egallashdi.

G‘oliblar tadbir tashkilotchilari tomonidan rag‘batlantirildi.

Azizbek NOROV

Report typo