Новости Кашкадарьи

Официальный веб-сайт газеты "Новости Кашкадарьи"
20 август 2022 год, суббота.                 Специальная версия UZ

DUNYO POLVONLARI SHAHRISABZDA KUCH SINASHADI

Qayd etish lozim, ko‘p asrlik tarixga ega o‘zbek kurashi xalqaro miqyosda tan olindi, chempionatlar, xalqaro turnirlar o‘tkaziladigan bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi  Prezidenti sovrini uchun Shahrisabzda Amir Temur, Termizda Hakim at-Termiziy xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnirlar an’anaviy tus oldi. Joriy yilning avgust oyida Indoneziyada o‘tkaziladigan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari dasturiga ilk bor o‘zbek kurashi bo‘yicha musobaqalar qo‘shilgani esa Shahrisabzdagi turnirga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi. O‘z navbatida mazkur turnir "Osiyo olimpiadasi" oldidan qit’amiz kurashchilari uchun muhim tayyorgarlik bosqichi vazifasini ham o‘taydi.

Hisor o‘yingohida bu yil yettinchi marotaba tashkil etilayotgan bellashuvlarda dunyoning 33 mamlakatidan kelgan yuzdan ziyod polvon va mamlakatimizning yetakchi kurashchilari bosh sovrin uchun gilamga tushadi. Xalqaro turnirning umumiy sovrin jamg‘armasi - 50 ming AQSH dollari bo‘lib, mutlaq vazn toifasida musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritgan kurashchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini - 10 ming AQSH dollari bilan mukofotlanadi.

Xalqaro musobaqani yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha 2018-yil 3-aprel kuni hukumat farmoyishi imzolanib, shu asosda ishchi guruh shakllantirilgan. Ayni paytda katta sport tadbiriga qizg‘in tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.

N.XO‘JAYEV

 

Report typo