Новости Кашкадарьи

Официальный веб-сайт газеты "Новости Кашкадарьи"
20 август 2022 год, суббота.                 Специальная версия UZ

BIZNIKILAR 21 MAMLAKAT ORASIDA YETAKCHI

Chempionatga dunyoning 21 davlatidan kelgan yosh shaxmat ustalari bahs olib borishdi.

- Shogirdlarim Eron, Hindiston, Mongoliya, BAA, Shri-Lanka kabi davlatlarning kuchli sportchilari bilan shaxmat o‘ynadi, - deydi murabbiy Nargiza Saidova. - O‘zbekiston sharafini himoya qilgan milliy terma jamoamiz musobaqada jami 48 ta medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, shulardan 6 donasi viloyatimiz vakillari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Umidli shaxmatchilarimizdan 7 yoshli Shahzod Islomov "blits" yo‘nalishida oltin, "rapid" yo‘nalishida kumush medalni qo‘lga kiritib, ikkinchi marotaba Osiyo chempioni bo‘ldi. Davron Sharipov "blits", "rapid" va "standart" yo‘nalishlarining har uchalasida bronza, Abdumalik Abdusalimov esa "blits"da oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Z.NAZIROVA

Report typo