Новости Кашкадарьи

Официальный веб-сайт газеты "Новости Кашкадарьи"
28 май 2022 год, суббота.                 Специальная версия UZ

BAHSLAR QIZG‘IN KECHMOQDA

Erkaklar bahs olib borayotgan “Fyuchers” turkumidagi va ayollar bellashayotgan ITF tasnifiga kiruvchi mazkur turnirlardan har birining sovrin jamg‘armasi 25 ming AQSH dollarini tashkil etadi. Musobaqalarda bosh sovrin uchun jahonning 15 dan oshiq davlatidan kelgan 100 nafardan ortiq tennischi o‘zaro bellashmoqda.

E’tiborlisi, musobaqalarning dastlabki bahslarida mamlakatimizning qirq nafardan ortiq sara sportchilari kortga chiqdi. Ular orasida Temur Ismoilov, Sanjar Fayziyev, Jo‘rabek Karimov, Nigina Abduraimova, Kamola Umarova kabi yetakchi tennischilar ham bor.

Erkaklar bahs olib borayotgan “Fyuchers” turkumidagi musobaqaning asosiy bahslari birinchi raundida viloyatimiz vakili Sanjar Fayziyev rossiyalik Denis Matsukevichni 6/4, 6/4, Jo‘rabek Karimov Roman Bloxinni 6/1, 6/0, Temur Ismoilov esa yana bir hamyurtimiz Amal Sultonbekovni 6/3, 6/0 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘llanma olgan bo‘lsa, tennischilarimiz Pavel Soy, Shonigmat Shofayziyev, Shohruh Abdumalikov, Amal Sultonbekov, Sergey Fomin, Sharobiddin Abzalov, Saida’lo Saidkarimov raqiblariga imkoniyatni boy berib qo‘yishdi.

ITF tasnifiga kiruvchi xalqaro musobaqaning asosiy bahslari birinchi raundida birgina tennischimiz Nigina Abduraimova keyingi bosqichga yo‘l oldi. U ruminiyalik tennischi Mixayela Buzarnesku ustidan 7/6(5), 6/7(2) va 6/3 natija bilan ustun keldi. Biroq hamyurtlarimiz Arina Fols,  Yasmina Karimjonova, Kamola Umarova, Milana Maslenkova, Albina Xabibulina, Polina Merenkova, Laylo Bahodirova, Sarvinoz Saidxo‘jayeva raqiblariga mag‘lub bo‘lishdi.

Shuningdek, “Fyuchers” musobaqasining juftlik bahslarida Sharobiddin Abzalov va Sergey Fomin, Sanjar Fayziyev va Timur Xabibulin (Qozog‘iston), Botir Sapayev va Pavel Soy kabi juftliklar ishonchli tarzda bahs olib borishayapti. Ayollar o‘rtasidagi musobaqaning juftlik o‘yinlarida esa Albina Xabibulina/Alina Silich, Nigina Abduraimova/Ana Veselinovich va Polina Merenkova/Gozal Aynitdinova juftliklari dastlabki turda g‘alaba qozonishdi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqalar g‘oliblari joriy yilning 28-29-aprel kunlari aniqlanadi. 

Azizbek NOROV

Report typo