Новости Кашкадарьи

Официальный веб-сайт газеты "Новости Кашкадарьи"
20 август 2022 год, суббота.                 Специальная версия UZ

BAHSLAR QIZG‘IN KECHDI

Ma’lumki, sportning texnik va amaliy turlaridan biri – duatlon uch bosqichdan iborat. Birinchi bosqich – yugurish, undan so‘ng velopoyga, oxirgi bosqich esa yana yugurishdan iborat. Kattalar o‘rtasidagi bahslarda sportchilar 10 kilometrga yugurish, 40 kilometrga velopoyga va yana 5 kilometrga yugurish bo‘yicha mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi. Yoshlar o‘rtasida kechgan bahslarda masofa ma’lum darajada qisqartirildi.

Musobaqalarda viloyatimiz vakillari munosib ishtirok etishdi. Xususan, 25 yoshdan katta sportchilar bahsida Yulduz Jo‘rayevaga teng keladigan raqib topilmagan bo‘lsa, 20-25 yoshlilar o‘rtasida Shahzoda Xayrullayeva musobaqaning bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Yana bir sportchimiz Arslon Tursunov 2001-2002-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.  

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, umumjamoa hisobida viloyatimiz vakillari yoshlar o‘rtasida 2-, kattalar o‘rtasida esa 3-o‘rinni band etishdi.

Azizbek NOROV.

Report typo