Новости Кашкадарьи

Официальный веб-сайт газеты "Новости Кашкадарьи"
5 июль 2022 год, вторник.                 Специальная версия UZ

BAHSLAR QIZG‘IN KECHDI

Spartakiada dasturidan yengil atletika, stol tennisi, shaxmat kabi sportning sakkiz turi bo‘yicha bahslar o‘rin olgan bo‘lib, ularda 28 ta jamoaga birlashgan 320 nafar havaskor sportchi xotin-qizlar o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.

- Spartakiadada qatnashgan jamoalarning 21 tasi hududdagi mahallalardan shakllantirilgan bo‘lsa, qolganlari korxona-tashkilotlar, ta’lim hamda  tibbiyot sohasida mehnat qilayotgan xotin-qizlardan iborat, - deydi tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Hanifa To‘rayeva. – Ularning barchasi sportni o‘zining yaqin hamrohiga aylantirgan va sog‘lom turmush tarzi tarafdorlari.

Bahslar keskin va murosasiz kurashlarga boy tarzda o‘tdi. Musobaqada g‘oliblar saralab olindi va ularga spartakiadaning viloyat bosqichida qatnashish yo‘llanmasi taqdim etildi. Spartakiada doirasidagi musobaqalar boshqa tumanlarda ham bo‘lib o‘tmoqda.

D.JUMAYEVA

Report typo