Новости Кашкадарьи

Официальный веб-сайт газеты "Новости Кашкадарьи"
3 июнь 2023 год, суббота.                 Специальная версия UZ

“AL FAYSALIY” BUGUN QARSHIGA KELADI

“Nasaf” matbuot xizmati tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, iordaniyaliklar rasmiy delegatsiyasi va futbolchilari bugun Qarshi shahriga yetib kelishadi. Mehmonlar “Geolog” stadionida o‘yinga tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tkazishi rejalashtirilgan.

 “Al Faysaliy” jamoasi oxirgi uchrashuvni Iordaniya premyer-ligasi 12-turi doirasida o‘tkazib, “Al Yarmuk” jamoasini 2:0 hisobida taslim etdi va turnir jadvalida 3-o‘rindan joy egalladi.

Nasaf esa ikki hafta mobaynida Turkiyada o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini olib borib, bir qancha xorijiy jamoalar bilan o‘rtoqlik bahslari o‘tkazdi. Yangi futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib oldi.

Aytish joiz, o‘yinda g‘alaba qozongan jamoa OCHLning “C” guruhidan joy oladi va “Persepolis” (Eron), “Al-Sadd” (Qatar), “Al-Vasl” (BAA) klublari bilan raqobatlashadi.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuvni yaponiyalik FIFA hakami Xiryuki Kimura boshqaradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Ochi Shinji va Takagi Takumilar yordam berishadi. Uchrashuvda zaxira hakami sifatida tojikistonlik Nasrullo Kabirov ishlasa, hakamlar ishini Birlashgan Arab Amirliklaridan tashrif buyuradigan Ali Hamad Badaviy nazorat qiladi. Uchrashuv komissari etib esa Butan davlatidan Dorji Mindu tayinlangan.

Jahongir QILICHEV

 

Report typo