Новости Кашкадарьи
Bunyodkorlik Shahrisabzda 25x11 o‘lchamdagi asosiy va 11x6 metr o‘lchamdagi mashg‘ulot basseynlarini o‘z ichiga olgan, 160 tomoshabin o‘rniga ega muhtasham suv sporti saroyi qurilib, foydalanishga topshirildi.
2016-yil - Sog‘lom ona va bola yili Chiroqchi tumanidagi 1-bolalar va o‘smirlar sport maktabida “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida tashkil etilgan “Gimnastrada hamma uchun” sport musobaqasining viloyat bosqichi bahslari bo‘lib o‘tdi.
Sport Qarshi avtomobil maktabida O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashi bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda sportning texnik va amaliy turlaridan biri – pnevmatik miltiqdan o‘q otish bo‘yicha viloyat birinchiligini o‘tkazdi. Musobaqada viloyatimizdagi o‘quv sport texnika klublarining 60 nafar a’zosi ishtirok etdi. Qizlar o‘rtasida kechgan bellashuvlarda dehqonobodlik Marjona Normurodovaga merganlik bobida teng keladigan raqib topilmadi. Ikkinchi va uchinchi o‘rin
Ayollar spartakiadasi Muborak axborot texnologiyalari va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejida “Ayollar spartakiadasi”ning tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan ushbu sport musobaqasida 25 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar ishtirok etishdi.
Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim! Kitoblik karate bo‘yicha qora belbog‘ sohibi, malakali murabbiy Xudoyberdi Rahmonov yigirma besh yillik faoliyati davomida ko‘plab O‘zbekiston chempionlari, xalqaro turnirlar ishtirokchilariga ustozlik qildi.
Kurash Kasbi tumanidagi Maymanoq sanoat kollejida milliy sport turi – kurash musobaqasi tashkil etildi. Unda kollej o‘quvchilari 3 ta vazn toifasida o‘zaro bellashdilar.
Sport Qarshi davlat universitetida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi tashabbusi bilan mustaqilligimiz asoschisi, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlab yugurish musobaqasi o‘tkazildi.
Mini-futbol Qarshi shahridagi "Geolog" madaniyat sport-sog‘lomlashtirish markazida "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining korxona, tashkilot va muassasalardagi boshlang‘ich tashkilotlari a’zolari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha "Kamolot" kubogi musobaqasining respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Qarshi olimpiya zaxiralari kollejida “Otam, onam va men - sportchi oila” musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Futbol Qarshi shahridagi Markaziy stadionda davralar oralig‘ida “Nasaf” jamoasi tarkibiga kelib qo‘shilgan yangi futbolchilarni tanishtirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Kurash Qarshi shahrida «Mahallamiz pahlavonlari» kurash musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Jit Kun Do Qarshi shahridagi “Geolog” madaniyat sport-sog‘lomlashtirish markazida 7 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida Bryus Li xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim! Sport Qarshi shahridagi "Binokor" o‘yingohida mahallalar yoshlari o‘rtasidagi "Futbolimiz kelajagi" musobaqacining viloyat final bosqichi o‘tkazildi.
Tennis Qarshi shahridagi markaziy tennis kortida erkaklar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatimiz tennischilari munosib ishtirok etdi.
Taassurot o‘zbek farzandlariga shunday nomlar yarashadi 15-avgust tongida qishloqdan yaqin do‘stim qo‘ng‘iroq qildi. Hayajoni, zavqini yashirolmaydi. Go‘yo yuragi tilining ostida turganday, har bir so‘zi orasida gupillab yurak urishi eshitilayotganday tuyuldi. Uning quvonchidan hayotida muhim voqea yuz bergani tobora aniqlashib borardi.
Rio-2016 Qariyb yigirma kun davom etgan Rio-2016 Olimpiadasi yakuniga yetdi. Quvonarlisi, to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasi O‘zbekiston sporti tarixi zarvaraqlariga oltin harflar bilan bitiladigan bo‘ldi. Mamlakatimiz sportchilari XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida jami 13 ta - to‘rtta oltin, ikkita kumush va yettita bronza medalini qo‘lga kiritib, O‘zbekiston yoshlari hech kimdan kam emasligi va hech qachon kam bo‘lmasligini amalda yana bir bor isbotladilar. Bu mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida
Voleybol Qarshi shahridagi serjantlar tayyorlash maktabida harbiy qism va muassasalarda xizmat qilayotgan xotin-qizlar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Ayollar sport festivali Qarshi olimpiya zaxiralari kollejida ayollar sport festivalining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
O‘tgan yili Chiroqchi tumanidagi 1-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabining yangi binosini qurish uchun 2 milliard 600 million so‘mdan ko‘proq mablag‘ yo‘naltirildi. Ko‘p o‘tmay yangi binoga ega bo‘lgan muassasa, shuningdek, 70 turdagi sport anjomlari bilan ta’minlandi. Endilikda maktab tasarrufida 18x42 metr, 12x30 va 12x24 metr o‘lchamdagi yopiq sport zallari mavjud.
Rio-2016: Paralimpiya o‘yinlari Bugun “Siz O‘zbekiston haqida nimalarni bilasiz?” degan savol bilan qaysi bir xorijlikka yuzlanmang, u Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan yozgi XV Paralimpiya o‘yinlaridagi o‘zbekistonlik sportchilarning olamshumul g‘alabalarini albatta tilga oladi. Zero, hamyurtlarimiz Riodagi irodali yurishlari bilan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Hech bir narsa mamlakatni sport kabi tezda dunyoga mashhur qila olmaydi”, degan da’vati qa