Новости Кашкадарьи
Voleybol FOLIB JAMOALAR O‘ZBEKISTON CHEMPIONATIGA YO‘L OLISHDI Qarshi shahrida voleybol bo‘yicha 2003-2004- yillarda tug‘ilgan o‘smir bolalar va qizlar o‘rtasida viloyat birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi.
Kyokusinkay karate Qarshi shahrida sportning kyokusinkay karate turi bo‘yicha viloyat ochiq chempionati o‘tkazildi.
Sport 10-12-oktabr kunlari Andijon shahrida 1996-1998-yillarda tug‘ilgan sportchilar o‘rtasida sportning yengil atletika turi bo‘yicha ochiq turnir hamda kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.
Sport Joriy yilning 12-14-sentabr kunlari Buxoro shahrida 2003 – 2004-hamda 2005 – 2006-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Yoshlar va davr O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida shu yilning 22-sentabr kuni Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasidagi amfiteatr maydonchasida “Sport sayli” o‘tkaziladi.
Sport Qarshi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati manejida sportning yengil atletika turi bo‘yicha 2003-2004- hamda 2005-2006-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida viloyat chempionati o‘tkazildi.
Sport O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Toshkentda o‘tkazilgan mutlaq vazn toifasida kurash bo‘yicha xalqaro musobaqada 40 ga yaqin xorijiy sportchilar bilan bir qatorda yurtimiz kurashchilari ham munosib ishtirok etdi.
Sport Xabaringiz bor, joriy yilning 18-avgustidan 2-sentabrigacha Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida bo‘lib o‘tgan XVIII Osiyo o‘yinlarida yurtimiz sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib qaytishdi.
Sport Mamlakatimiz mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan viloyat miqyosida 23-avgustdan 28-avgustga qadar sport musobaqalari va sog‘lomlashtirish tadbirlari o‘tkazildi.
Musobaqa bog‘cha tarbiyalanuvchilari viloyat birinchiligi uchun bellashdi Viloyat ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar gimnastika sport maktabida maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida boshlang‘ich gimnastika va harakatli o‘yinlar bo‘yicha "Sog‘lomjon - polvonjon" viloyat birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi.
Futbol Bugun viloyatimizning “Nasaf” futbol jamoasi Toshkentning “Bunyodkor” klubini o‘z uyida qabul qiladi. Bu bahs ayniqsa, “Nasaf” uchun finalga teng. Sababiga esa quyida to‘xtalamiz.
Sport Qarshi shahridagi amfiteatrda harbiy qismlar xizmatchilari o‘rtasida boks sport turi bo‘yicha viloyat birinchiligi musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Sport Qarshi shahrida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Yoshlik sport jamoalari” musobaqasining voleybol sport turi bo‘yicha hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Kurash Qarshi shahrida 2002–2004-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida “Mahallamiz pahlavonlari” kurash musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Taklif Yaqinda televizorda Yaponiya haqida ko‘rsatuv ko‘rib qoldim. Tong. Chor atrof yam-yashil. Ochiq tabiat qo‘ynida asosan yoshi keksa kishilar turli badantarbiya mashqlarini bajarish bilan band. Bilasiz, u tomonlarning odamlari uzoq yashaydi. Sababi esa ma’lum: jismoniy tarbiyaning nafi bu. Umuman, Yevropa yo Amerika filmlarida ham bunday manzaralarni ko‘p uchratamiz.
Sport – salomatlik garovi Bugun chekka hududlarda ham zamonaviy sport majmualari, sport-sog‘lomlashtirish markazlari soni ko‘payibbormoqda. Bu aholi, shu bilan birgalikda xotin-qizlarning ham sport bilan shug‘ullanib, o‘z salomatliklarini mustahkamlab borishlari uchun yetarli shart-sharoitni yuzaga keltirayapti. E’tiborli tomoni, mana shunday majmualarning ko‘pchiligi tadbirkorlar tomonidan barpo etilib, foydalanishga topshirilmoqda.
Futbol Mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha “Olimpiada yulduzlari” shiori ostida musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati ma’lum qilmoqda.
Futbol Yana sanoqli kunlardan so‘ng, aniqrog‘i 14-iyundan futbol bo‘yicha navbatdagi (XXI) Jahon chempionati boshlanadi. Bir oy davomida Rossiya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadigan musobaqada yangi-yangi nomlar porlashi, iqtidorlar kashf etilishi, qaysidir rekordlar yangilanishi mumkin. Bunga qadar esa mundial tarixiga bitilgan eng yorqin rekordlarni yodga olamiz.
Suv sporti ZAMONAVIY SHART-SHAROIT YANGI MARRALARGA QANOT BO‘LMOQDA Kasbi tuman Bolalar va o‘smirlar sport maktabi tasarrufidagi eski ochiq suv havzasi tubdan qayta rekonstruksiya qilinib, uning o‘rnida zamonaviy yopiq havza barpo etilgani hudud yoshlarini g‘oyat shod etdi, endi ular doimiy ravishda suv sporti bilan shug‘ullanish imkoniga ega.
Qarshi shahridagi Geolog sport majmuasida karate bo‘yicha viloyathokimi kubogi uchun musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Viloyat hokimligi, jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda karate federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Buxoro, Samarqand, Xorazm, Farg‘ona, Toshkent viloyati hamda Toshkent shahridan kelgan 250 nafardan ortiq sportchi kata va kumite yo‘nalishlarida g‘oliblik uchun kurashishdi.